Xodimlar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun seminar tashkil etildi
"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatida xodimlar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun "O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida"gi yangi Qonunni batafsil o‘rganish uchun tushuntirish seminari bo‘lib o‘tdi.
2022 yil 28 Prezident tomonidan 28.10.2022 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-798-son Qonun imzolandi. Yangi Mehnat kodeksi xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini taʼminlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Yangi hujjatning maqsad, vazifalarining mohiyatini ochib berish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ personalni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi, barcha korxona va tashkilotlarining xodimlar bilan ishlash bo‘limlarining mutaxassislari uchun O‘zbekiston Respublikasining yangi mehnat kodeksining tuzuvchilaridan biri – Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti M.Y.Gasanov bilan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida M.Y.Gasanov mutaxassislarning mehnat haqidagi yangi normativ-huquqiy hujjatida qanday o‘zgartirishlar va yangi tahririni ishlab chiqish uchun qanday turtki bo‘lgan savollariga javob berdi.
Seminar davomida “birinchi marta” tushunchasi ko‘p ishlatildi. Zamon talablariga hamohang ravishda xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlarni tartibga soluvchi yangi hujjatga 18 dan ortiq boblar kiritilgan.
Yangi kodeksda ijtimoiy sheriklik amalga oshirish tartibi, aholining ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand qatlamlar ro‘yxati, ishchilarning ommaviy ishdan bo‘shatish mezonlari, mehnat shartnomasining majburiy shartlari va rekvizitlari kengaytirilganini, mehnat shartnomasini tartibga solish xususiyatlari, to‘liq bo‘lmagan ish kunida ishlaydigan shaxslarning mehnati xususiyatlari, muddatli mehnat shartnomasining muddati qisqartirilganini, xodimning shaxsiy maʼlumotlarini himoya qiladigan band kiritilganini, bayramlar va ishlamaydigan kunlarni tartibga soluvchi modda to‘ldirilganini, alohida masofadan turib ishlash tartibi va boshqa yangiliklar kiritilganini aytdi.
Yangi mehnat kodeksining o‘ziga xosligi shundan iboratki, mehnat munosabatlarini tartibga solish O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiyalangan Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari qoidalariga asoslanadi.
Seminarda 220 dan ortiq xodimlar on-layn va of-layn tartibda ishtirok etishdi.
Seminar yakunida M.Y.Gasanov mutaxassislarning amaldagi mehnat kodeksi bo‘yicha ko‘p sonli savollariga to‘liq javob berdi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI