Depoda kasaba uyushmalari kuni tantanali nishonlandi

“O‘zbekiston” lokomotiv deposida 11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida depo rahbari F. Maxamatov so‘zga chiqib, kasaba uyushma raisi va faollarini hamda bayramga tashrif buyurgan faxriy mehmonlarni samimiy muborakbod etdi.

Mazkur bayram tadbiri ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 noyabrdagi "O‘zbekiston kasaba uyushmalarini kunini belgilash to‘g‘risida"gi O‘RQ-648-sonli Qonuni ijrosini taʼminlash hamda "Kasaba uyushmasi kuni"ni keng nishonlash maqsadida tashkil etildi.

Bayramga, ko‘p yillar korxonada kasaba uyushmasi raislari bo‘lib mehnat qilgan, hozirgi kunda pensiyadagi ustozlar ham taklif etildi.

Anjumanda korxona yoshlari tomonidan tayyorlab kelingan qiziqarli sahna ko‘rinishlar, viktorina o‘yinlari hamda ular tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Bayram munosabati bilan korxona maʼmuriyati hamda kasaba uyushmasi raisi tomonidan taklif etilgan mehmonlarga va korxonada mehnat qilib kelayotgan eng faol ishchi xodimlarning 61 nafariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Axborot-tahlily media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI