"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan "Hayraton – Mozori-Sharif" temir yo‘l liniyasiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha sharh

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 5-6 dekabr kunlari "O'zbekiston temir yo'llari" AJ va Afg'oniston temir yo'l boshqarmasi vakillari o'rtasida 2023 yilga mo'ljallangan "Xayraton – Mozori-Sharif" temir yo'l uchastkasidan foydalanish bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tdi (bu haqda "O'zbekiston temir yo'llari" AJning rasmiy veb-sayti va rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida bayon qilindi, lekin, ommaviy axborot vositalarining e'tiboridan chetda qoldi).

Muzokaralar yakunida Afg'oniston hududidagi temir yo‘llarga xizmat ko‘rsatish (ekspluatatsiya)da ishtirok etish uchun afg'onistonlik mahalliy texnik xodimlarini bosqichma-bosqich jalb qilish bo'yicha amaldagi shartnomani uzaytirish va yo'l xaritasini tayyorlash bo'yicha kelishuvga erishildi.

Shu bilan birga, shu kunlarda ommaviy axborot vositalarida Afg'onistondagi "Hayraton – Mozori-Sharif" temir yo'l uchastkasining ekspluatatsiyasi to'g'risida noto'g'ri ma'lumotlar tarqatilmoqda.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, joriy yilning aprel oyida ham Afg'onistondagi temir yo'l uchastkasiga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha qator OAVlar tomonidan asossiz ma'lumotlar tarqatish holatlari bo'lgan. Holat yuzasidan Afg'oniston temir yo'llari rahbari B.Sharafat rad etgan edi. 

Jumladan, Termiz shahrida bo'lib o'tgan ikki tomonlama uchrashuvda janob M.Sharafat bunday bayonotlar bo'lmaganligini ma'lum qildi va O'zbekistonning "Sogdiana Trans" ShK bilan muvaffaqiyatli hamkorlik to'g'risida ingliz tilida tegishli intervyu ham berdi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ Afg'oniston bilan hamkorlik haqida kelgusida ham axborot berib boradi. OAV vakillari va blogerlardan iltimos, ijod mahsulotlaringizda rasmiy va tasdiqlangan (verifikatsiyadan o‘tgan) manbalardan foydalaning:

 Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI