"TYVQTZ" AJ nafaqaxo'rlarni bayram arafasida tabrikladi

“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ da doimiy an’anaga ko‘ra, yangi yil bayrami munosabati bilan korxonamiz ishlab chiqarishida ko‘p yillik samarali mehnat qilib, uning rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan va hozirda nafaqada bo‘lgan 180 dan ziyod biz uchun ustoz sanalgan ishchi-xodimlarimizga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida sovg‘a-salomlar va bayram dasturxoni uchun oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Korxonaning ishlab chiqarish rivojiga kamtarona qo‘shgan hissalariga ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun  pensionerlar juda xursand bo‘lishdi va mamnuniyat bilan o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Axborot-tahliliy media markazi



0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI