Bayram tabrigi

Hurmatli hamkasblar, aziz temiryo‘lchilar!


Sizlarni va sizlar orqali oila-aʼzolaringizni Yangi yil ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz.

2022 yil "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili" temir yo‘l sohasi xodimlari uchun juda katta o‘zgarishlarga boy yil bo‘ldi. Tarmoqda amalga oshirilgan yirik loyihalar, bunyodkorlik ishlari muvaffaqiyatli bajarildi.

Betimsol yutuqlarni qo‘lga kiritishda, albatta, sizlardek mehnatsevar, shijoatli va fidoyi insonlarning hissasi katta bo‘lganligini alohida eʼtirof etamiz.

Davlatimiz rahbari tomonidan kirib kelayotgan 2023 yilga "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili" deb nom berildi. Kelayotgan yil har birimiz uchun masʼuliyatli va tarixiy loyihalarga boy muhim davr bo‘ladi.

Ishonamizki, 2023 yilda ham Prezidentimiz va hukumatimiz topshiriqlarini Siz, azizlar bilan birgalikda, yelkama-yelka turib bajaramiz, Vatanimiz taraqkiyoti, xalqimiz hayotining yana-da farovonligi uchun bor kuchimizni va imkoniyatlarimizni ishga solib mehnat qilamiz.

Barchangizga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxtu saodat tilaymiz.

Yangi yil xonadoningizga qut-baraka, baxt, omad olib kelsin!


Hurmat bilan,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Boshqaruv raisi v.b.
X. N. Xasilov


O‘zbekiston temiryo‘lchilari
va transport quruvchilari
kasaba uyushmasi Respublika
Kengashi raisi
Q. S. Sabirov
1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI