
HURMATLI YO‘LOVCHILAR!
Mamlakatimizda kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo tufayli yo`lovchi poyezdlar harakat havfsizligini taʼminlash maqsadida, bugun, 13 yanvar kuni, poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. Shuning uchun bugun yo‘lovchi poyezdlarning jo`nash hamda manzilga yetib borish vaqtlarida o‘zgarishlar bo`ladi.
Har bir yo`lovchini o`z manziliga havfsiz olib borilishini taʼminlash eng muhim vazifadir! Shuni inobatga olgan holda, "O`ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ rahbariyati yo`lovchilardan, kelib chiqqan bunday vaziyatni to‘gri tushunishlarini istab, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ matbuot xizmati
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI