“Quyuv-mexanika zavodi” sho‘ba korxonasi ichki va xalqaro bozorda o'z mavqeini mustahkamlamoqda

“Quyuv-mexanika zavodi” sho‘ba korxonasi hozirgi vaqtda faol rivojlanib, temir yo‘l transporti sanoati va boshqa og‘ir sanoat tarmoqlari ehtiyojlari uchun, shuningdek, mahalliylashtirish dasturi asosida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish amalga oshirilib kelmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Quyuv-mexanika zavodi” sho‘ba korxonasi tomonidan 2022 yil davomida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va xizmatlar eksporti bo‘yicha bir qator xususiy vagon parkiga ega xorijiy kompaniyalar bilan shartnomalar imzolandi va yuqori natijalar qayd etildi. Eksport salohiyatini jadal rivojlantirish borasida ushbu korxona Qozog‘iston, Belarus Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Boltiqbo‘yi mamlakatlari Litva va Estoniya davlatlari bilan shartnomalar imzoladi.

“Quyuv-mexanika zavodi” sho‘ba korxonasi xalqaro bozorda o‘zining munosib maqomiga ega ekanligini hisobga olsak, korxona shu bilan to‘xtab qolmayapti va innovatsiyalarni joriy etish borasida ishlarni davom ettirmoqda va 2023 yil davomida katta iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

O‘tgan 2022 yil davomida korxona tomonidan tayyor mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqargan bo‘lib, prognoz ko‘rsatkichlari 104%ga bajarildi. Ishlab chiqarish xajmi tarkibida eksport ko‘rsatkichi alohida o‘rinni egallaydi. Xususan, o‘tgan yil davomida tayyor mahsulot va xizmatlar Qozog‘iston, Belarus Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari davlatlariga eksport qilinib, yillik prognoz 105 % ga bajarilgan.

Joriy yilning davomida korxona eksport mahsulotlari qatorini nafaqat tayyor mahsulot, balki xizmatlar (ish), turli qiyinlik darajasidagi quyma detallar tashkil etish rejalashtirmoqda. Xususan, Birlashgan Arab Amirliklarining 2 ta kompaniyasiga usti yopiq va bug‘doy tashish uchun xopper-vagonlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolanib, bugungi kunda bosqichma-bosqich yuk vagonlarni yetkazib berish amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Boltiq bo‘yi mamlakatlari Estoniya va Litva davlatlari, Belarus Respublikasining 3 ta kompaniyalariga quyma yuk vagon ehtiyot qismlarini, “Pyatnik 3L” va “Rama bokovaya”larni yetkazib berish bo‘yicha qator shartnomalar imzolangan.

Taʼkidlash joizki, korxona tomonidan sifat sohasidagi siyosatda alohida eʼtibor qaratilgan. Sho‘ba korxona tomonidan ISO 9001 xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejment tizimmi yana-da rivojlantirish borasida qator vazifalarni o‘z zimmasiga olgan.

Ulardan biri: Yuk vagonlarini taʼmirlash hajmini oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlar nomenklaturasini oshirish va sotuv hajmini oshirishdir.

Eslatib o‘tamiz “Quyuv-mexanika zavodi” sho‘ba korxonasining eshiklari nafaqat chet ellik hamkorlarga hamda mahalliy tadbirkorlar ochiqdir.


Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI