Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyer shahridagi 58-razyezda joylashgan  temir yo‘l vokzali haqida tarqatilayotgan ayrim maʼlumotlarga rasmiy munosabat.
 
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi 58-razyezda joylashgan temir yo‘l stansiyasi binosi 1901 yilda qurilgan. 2019 yilda ushbu binoni rekonstruksiya qilish maqsadida loyiha qurilish ishlari  ustida ish olib borilgan. 

2020-2021 yillarda dunyo miqyosida keng tarqalgan pandemiya tufayli mazkur binoning rekonstruksiyasi bo‘yicha loyiha qurilish ishlari ortga qoldirilgan edi. 2022 yilning ikkinchi yarimida mutaxassislar tomonidan bu boradagi ishlar davom ettirilib, joriy yilda mazkur stansiya binosini rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI