“Qamchiq” dovonidan fuqarolarni olib o‘tish uchun maxsus poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi
“Qamchiq” dovonidan fuqarolarni olib o‘tish uchun maxsus poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi
Maʼlumki, “Qamchiq” dovonida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli, 09 fevral kuni soat 13:30 dan A-373 Xalqaro avtomobil yo‘li avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Shu sababli fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish shtabi tuzilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamkorligida fuqarolarga 902-sonli “Angren – Orzu – Pop” yo‘nalishida maxsus poyezd reysi tashkil etildi va bugun soat 19:00da Toshkentdan jo’nab Ohangaron, Angren, Orzu temir yo‘l bekat va vokzallaridan Pop vokzaligacha yo‘lovchi poyezdda evakuatsiya qilinadi. Shuningdek, 901-sonli “Pop – Angren” yo‘nalishida ham fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish ishlari davom ettiriladi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI