Tuproq ko‘chkisi haqida maʼlumot
Bugun, 2023 yil 9 fevral kuni soat 06:10 da Chashma-Oqrabot stansiyalari oralig‘ining 103-km 5-6 piket qismida tuproq ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Shu sababli poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Hozirgi paytda ushbu holatni bartaraf etish maqsadida mutaxassislar tezkorlik bilan ushbu hududga yetib kelishdi va 3-dona ekskavator, 7-dona samosval, 2- dona buldozer, va boshqa texnikalar jalb etgan xolda tuproq ko‘chkilarini temir yo‘l izidan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Poyezdlar harakatini tiklash haqidagi maʼlumotlar to‘ldiriladi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI