Mintaqaviy temir yo‘l uzellari mutaxassislari ish tajribalari bilan almashdilar

Joriy yilning 8 va 9 fevral kunlari, "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasi tasarrufidagi Qarshi vagon deposida, hamda "Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasi tasarrufidagi Buxoro vagon deposida tajriba almashish bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi.

O‘quv-seminarida Toshkent, Qo‘qon, Buxoro, Qarshi, Qo‘ng‘irot va Termiz vagon depolari bosh muhandislari va bosh mexaniklari ishtirok etishdi.

Taʼkidlash joizki, seminar davomida taʼmir va ekspluatatsiya ishlarini yaxshilash, poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash, yuk vagonlarini taʼmirlash texnologiyasi bilan tanishish, shuningdek, nostandart uskunalardan foydalanish borasida mutaxassislar ish tajribalari bilan almashdilar.

Shuningdek ishtirokchilar, temir yo‘llarda xavfsizlikka tahdidlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tajribalar bilan almashishdilar. Tomonlar o‘rtasida bunday muloqotlarni o‘tkazish va mutaxassisdan mutaxassisga bilim va tajribalarni ulashishda alohida ahamiyati borligini taʼkidladilar.

Xulosa qilib, ishtirokchilar tadbir natijalarini yuqori baholadilar va hamkorlikda ish olib borish uchun katta salohiyat mavjudligini qayd etdilar. Tomonlar bir ovozdan barcha mintaqaviy temir yo‘l uzellari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning muhimligi va ahamiyatini taʼkidladilar.


Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI