Baxtsiz hodisa va nazoratsiz yurgan yosh bolalar

Joriy yilning 14 mart kuni soat 15:18da Chinoz bekatida ikki bolakay poyezdning yuk vagoni ustiga chiqib olishgan.

Xavfli harakatlar natijasida bolalar, M.I. (2013 yilda tug‘ilgan) va B.B. (2012 yilda tug‘ilgan), kontakt tarmog‘ining elektr taʼminoti kuchlanishida tan jarohatlar olishgan. Ikkala yosh bola ham zudlik bilan kasalxonaga biri – 20%, ikkinchisi – 80% tana kuyishi bilan yotqizildi.

Hurmatli fuqarolar!

Farzandlaringiz bilan qator xavfsizlik mavzularida tez-tez suhbat qurishingizni iltimos qilamiz! Shu jumladan, ular bilan temir yo‘l liniyalari yaqinida harakatlanish va ulardan otish qoidalari haqida tushuntirish suhbatlari olib borishni, hamda vagonlarga chiqish qanchalik xavfli ekanligi haqida batafsil tushuntirishni so‘rab qolamiz. Bularning barchasi turli xil jarohatlarga, shu jumladan oqibati o'gir va o`limga olib kelishi mumkin. 

Axborot-tahliliy media markazi

0
1

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI