Yo‘lovchilarga ma’lumot

Shu kunlarda, ya’ni o‘lkamizga kirib kelayotgan Navro‘z ayyomi arafasida yo‘lovchilar nomidan temir yo‘l chiptalar xaridi bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlash lozimki, temir yo‘l yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatayotgan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati yurtimiz aholisi hamda mamlakatimiz mexmonlariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, fuqarolarning taklif va talablaridan kelib chiqib, yangi yo‘nalishlarda yo‘lovchi poyezdlar qatnovlarini joriy etish, qo‘shimcha qulayliklar yaratish, sifatli servis xizmatlarini ko‘rsatish borasida kerakli bo‘lgan barcha chora-tadbirlarni doimiy ravishda amalga oshirib kelmoqda.

Ma’lumki, respublikamiz miqyosida joriy yil 18-martdan 22-martga qadar dam olish kunlari deb e’lon qilingaligi bois, ushbu kunlarni fuqarolarimiz oila davrasida o‘tkazish hamda mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohat rejalashtirayotgan yo‘lovchililarning chiptalarga bo‘lgan talabi keskin oshganligi sababli, chiptalar tanqisligi vujudga kelish holatlari kuzatilmoqda. Buning asosiy sababi temir yo‘l chiptalarining xamyonbopligi hamda transportning boshqa turlariga nisbatan qulayligi va xavfsizligidadir.

Yo‘lovchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda temir yo‘llarning xarakat jadvali hamda ichki imkoniyatlarni inobatga olib, bayram kunlari arafasida yo‘lovchilarga quyidagi qulayliklar yaratildi:

– 17-martdan 22-martga qadar Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘anlishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi 767/768-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi;

– 20-, 21-mart kunlari Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi 780/779-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi;

– 19-, 21-mart kunlari Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi 156f/155f-sonli yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari joriy yilning 16-mart kunidan 25-mart kuniga qadar Toshkent – Termiz – Toshkent, Toshkent – Urganch – Toshkent, Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent hamda Andijon – Xiva – Andijon yo‘nalishlaridagi yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha ikkitadan beshtagacha vagonlar ulanishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: 2023 yilning 1 mart kunidan 15 mart kuniga qadar temir yo‘l transporti orqali 345 154 nafar yo‘lovchi tashilgan.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI