
Poytaxt metropolitenining yangi bekatlar oralig‘ida sinov tariqasida poyezd qatnovi boshlandi
Bugun, 24 mart kuni, Toshkent metropoliteni yer usti halqa yo‘lini qurish loyihasining II bosqichi doirasida, Qo‘yliq – Sergeli yo‘nalishida qurib bitkazilgan 8,5 kilometrli 5 ta bekat oralig‘ida sinov tariqasida poyezdlarning texnik qatnovi boshlandi.
Hozirda loyihaning “Quruvchilar–Qipchoq” qismida qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bunda 3,8 km uzunlikdagi yo‘nalishda yana 2 ta bekat qurib bitkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, yangi metro yo‘nalishi va uning obyektlari qurilish meʼyorlari va texnik talablariga mos ravishda, belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda rasmiy manbalarda eʼlon qilinadi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI