QISQA SATRLARDA:

Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Termiz elektr ta’minoti korxonasida o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida korxona boshlig‘i H.Abrayev, bosh muhandis S.Shaymardonov va Hududiy yetakchilar Kengashi raisi B.Najmiddinov hamda yosh ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.
Tadbirda rahbariyat tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, Prezidentimiz boshchiligida yoshlarga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘zaro muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirayotgan taklif va savollar bilan murojaat qildilar.
__

Harakat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida
“Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi boshlig‘i F.Giyazov poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, mehnat muhofazasi talablarini bajarish hamda ishchi-xodimlarni o‘z navbatchiliklarida hushyorligini oshirgan holda ishlarni amalga oshirishni tashkil etish maqsadida uzel tarkibidagi korxona va tashkilotlarda ishlovchi barcha o‘qitish yo‘riqchilari, harakat xavfsizligi nozirlari va mehnat muhofazasi muhandislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda har bir ishchi-xodimga tegishli yo‘riqlar o‘tish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
__

Vazifalar belgilab olindi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilov tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlash hamda berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasiga qarashli “Qarshi” lokomotiv deposida uzel rahbariyati hamda depo mutaxassilari va ishchi-xodimlar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda lokomotivlar ekspluatasiyasi, texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek, ishchi-xodimlarni qiynab kelayotgan muammolar ko‘tarilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi va mas’ul rahbarlarga zarur vazifa hamda topshiriqlar berildi.
__

“Bu mening tanlovim – Bu mening Konstitusiyam!”
Unda “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi yetakchilar Kengashi Samarqand hududi bo‘yicha koordinatori B.Nazarov, texnikum yuristi Z.Xalimov, yoshlar yetakchisi X.Sindarovlar ishtirok etib, o‘quvchilarga bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlar, har bir fuqaroning huquq va erkinligini kafolatlagan xalqchil Konstitusiya yaratish yo‘lida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tishdi.
__

“Xavfsiz hudud” loyihasi amalda
“Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi rahbari tomonidan tasdiqlangan tadbirlar rejasiga asosan uzel kesimida “Xavfsiz hudud” loyihasi bo‘yicha korxona yoshlar yetakchilari tomonidan bir qancha ishlar bajarilib kelinmoqda va temir yo‘l hududiga yaqin yashovchi fuqarolarga tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.
__

“Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi
Urganch temir yo‘l masofasi ishchi-xodimlarining intellektual salohiyatini hamda ularning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini yanada oshirish maqsadida Urganch temir yo‘l masofasi yoshlar yetakchisi hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda Urganch temir yo‘l masofasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Unda 5 ta jamoa faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni “Hisob-kitob” jamoasi, 2-o‘rinni “Xodimlar bo‘limi” jamoasi hamda 3-o‘rinni “Buxgalteriya” jamoasi qo‘lga kiritdi.
__

Mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Buxoro elektr bilan ta’minlash korxonasida ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning minifutbol musobaqasi tashkil etildi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o‘tgan bahslarda 1-o‘rinni “TET-1” jamoasi, 2-o‘rinni “TET-4” jamoasi hamda 3-o‘rinni “TNS-38” jamoasi qo‘lga kiritdi. Musobaqada faol ishtiroq etgan ishchi-xodimlar korxona rahbari J.Hakimov tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI