Innovatsion gʻoyalar saralandi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 307-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tizimda faoliyat yuritib kelayotgan yosh mutaxassislar o‘rtasida “Innovatsion g‘oyalar-2022” tanlovining yakuniy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumki, ushbu anʼanaviy tashkil etib kelinayotgan “Innovatsion g‘oyalar-2022” tanlovi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining 2022-yil 19-avgustdagi “Innovatsion g‘oyalar-2022” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi N-777-sonli buyrug‘i asosida tizimda samarali faoliyat yuritayotgan istiqbolli yosh kadrlarni aniqlash hamda yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularda ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish, mutaxassis tayyorlash tizimini takomillashtirish, bilim darajasi yuqori, iqtidorli yosh temiryo‘lchilarni aniqlash, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish bilan birga o‘z bilim salohiyatini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.
– Mazkur tanlovda tizim tasarrufidagi boshqarma, korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritib kelayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘zining innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etdi, – deydi Yetakchilar Kengashi raisi Oqiljon Sadriddinov. – Tanlovda yo‘l xo‘jaligi, lokomotivlardan foydalanish, vagon xo‘jaligi, aloqa va signallashtirish, elektr taʼminoti, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va qo‘shimcha sohalar bo‘yicha 44 ta loyiha o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyihalarni har birini hayʼat aʼzolari o‘rganib chiqib, iqtisodiy samaradorligi va loyihaning dolzarbligi jihatidan eng yuqori bo‘lgan 24 ta loyiha saralanib olindi. Ishtirokchilar o‘zlari yaratgan qurilmalarining afzalligi hamda unga qancha mablag‘ sarf etilishi bo‘yicha batafsil maʼlumot berib o‘tishdi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 2022 yil 19 avgustdagi №777-N sonli “Yosh mutaxassislar o‘rtasida “Innovatsion g‘oyalar-2022” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida tashkil etilgan tanlovning yakuniy bosqichida Yo‘l xo‘jaligi, Lokomotiv xo‘jaligi, Aloqa va signallashtirish sohasi, Vagon xo‘jaligi, Sanoat sohasi, Elektr taminoti sohasi bo‘yicha, AKT va Qo‘shimcha sohalar bo‘yicha loyihalar ko‘rib chiqildi.
Yo‘l xo‘jaligi sohasi bo'yicha 1 ta loyiha:
S.P. Shamatov, - “Qarshi MTU” UK AKT va AX bo‘limi yetakchi muhandisi,F. F.Zuvayitov AKT va AX bo‘limi SMM bo‘yicha yetakchi muhandisi.
Loyiha nomi: Izolyasiyali stiklarga xizmat ko‘rsatish va nazorat qilishga mo‘ljallangan onlayn platforma.
Aloqa sohasi bo‘yicha 1 ta loyiha:
E.P. Bo‘riyev, - “Qarshi MTU” UK AKT va AX bo‘limi yetakchi muhandisi, N.A. Xidoyatov “Sho‘rtan” stansiyasi navbatchisi.
Loyiha nomi: “Tezkor telegraf”.
Signallashtirish sohasi bo‘yicha 1 ta loyiha:
A.A. Rajabov - “Buxoro MTU” UK Buxoro aloqa va ishorat masofasi LAZ sexi elektromexanigi.
Loyiha nomi: Relelarning xizmat muddati va ularning ko‘riklarini onlayn kuzatib borish dasturi.
Vagon xo‘jaligi sohasi bo‘yicha 1 ta loyiha:
Sh.X.Muzaffarov - “O‘zvagontaʼmir” AJ Axborot texnologiyalar mutahassisi.
Loyiha nomi: Vagon depolaridagi taʼmirga kelgan, taʼmirdan chiqgan va depo hududidagi qoldiq nosoz yuk vagonlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar almashinuvini raqamlashtirish platformasi.
Lokomotivlardan foydalanish sohasi bo‘yicha 1 ta loyiha:
H.X. Yalg‘ashev - “Buxoro MTU” UK Tinchlik lokomotiv deposi boshlig‘i o‘rinbosari.
Loyiha nomi: D-49 Dizeli uchun mo‘ljallangan havo sovutish uskunasi (oxladitel).
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha 2 ta loyiha:
B.M. Begaliyev, - “Qarshi MTU” UK AKT va AX bo‘limi boshlig‘i, SH.SH. O‘taganov AKT va AX bo‘limi dasturchisi.
Loyiha nomi: “Elektron raqamli metrologiya”.
Z.A. Anvarov, - “O‘zbekiston” lokomotiv deposi bosh muhandis o‘rinbosari, M.M. Mirxamidov, U.A. Djurabayev “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” bo‘limi muhandis-dasturchilari
Loyiha nomi: UZDEPO NEW STAGE loyihasi
Elektr taʼminoti sohasi bo‘yicha 1 ta loyiha:
SH.S. Bozorov - “Buxoro MTU” UK MTU AKT va AX bo‘limi muhandisi.
Loyiha nomi: Korxonaning elektr taʼminoti liniyalarini joydan turib elektron nazorat qilish stendi.
Sanaot sohasi bo‘yicha 2 ta loyiha:
A.X.Po‘latov - “Quyuv mexanika zavodi” SHK bo‘lim boshlig‘i.
Loyiha nomi: Quyosh panellari yordamida issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi dastgoh ishlab chiqarish.
I.I.Saidakbarov - “O‘ztemiryo‘lmashtaʼmir” UK bosh metallurgi
Loyiha nomi: D50 va K6S310DR dizellarining silindr vtulkalarini markazdan qochma usulda quyish.
Qo‘shimcha sohalar bo‘yicha 1 ta loyiha:
B.G.Gulomov - “Buxoro MTU” UK AKT va AX bo‘limi boshlig‘i
Loyiha nomi: Vagonlardagi yukni mahalliy sharoitda o‘lchash uchun elektron tarozi qurilmasi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida bu loyihalarni joriy qilish orqali sohada raqamlashtirish borasidagi ishlar va chet eldan keltiriladigan import o‘rnini bosuvchi maxsulotlar o‘zimizda ishlab chiqarilmoqda. Buning natijasida Jamiyatga katta miqdordagi iqtisodiy samara xam bermoqda.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI