Mehnat muhofazasiga bag’ishlangan seminar tashkil etildi

Bugun 27 aprel kuni “Toshkent” mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli 1-sonli Toshkent yuk vagon deposida mehnat muhofazasi oyligi munosabati bilan seminar tashkil etildi.

Seminarni mehnat muhofazasi boshqarmasining yetakchi muhandisi Rustamov I. ochib berdi. Tadbir davomida masʼul xodim va ishchilarga hafsizlikni taʼminlash va baxtsiz hodisalarni oldini olish borasida qator yo‘llanma berildi. Alohida eʼtibor albatta kasb yo‘riqnomasida yozilgan maʼlumotlarga rioya qilgan holda, barcha ishchi-xodimlarni ushbu qoidalarga amal qilishi uchun muntazam ravishda ular bilan suhbat va tushuntirish ishlari olib borilishi zarurligi aytildi.

Taʼkidlash joizki, seminar davomida baxtsiz hodisalar haqida ham to‘xtalib o‘tildi va ular eʼtiborsizlik, beparvolik oqibatida kelib chiqiladi. Eʼtiborlisi shundaki, baxtsiz hodisadani oldini olish va ishchi-xodimlar o‘z hayotiga va tanisiga ziyon yetkazmasligi uchun ish jarayonida hushyorlik va ziyraklik talab etiladi.

—"Bugun 1-sonli Toshkent yuk vagon deposida mehnat muhofazasiga oid o‘quv seminari tashkil etildi. Ushbu seminarda korxonalar mehnat muhofazasi muhandislari, o‘rta-bo‘g‘in rahbarlari va ishchi-xodimlar ishtirok etmoqda. Bundan tashqari tadbir davomida yong‘in xavfsizligi hamda birinchi yordam ko‘rsatish borasida qatoran maʼlumotlar va amaliy mashg‘ulotlar ko‘rsatiladi.” – deydi Ochilov Shoxrux mehnat muhofazasi bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i.

Eʼtiborlisi shundaki, ishchi-xodimlar tibbiyot hamshiralar yordamida birinchi yordam ko‘rsatish vositalari hamda jarohatlanishlar turlari va birinchi tibbiy yordam korsatishning umumiy qoidalari bilan amaliyotda tanishdilar. Hamshiralar qon oqishini vaqtincha toxtatish ( boglam, jgut) yordamida va infeksiya tushishining oldini olish borasida ko‘rsatmalar beridi.

Seminar yakunida, barcha ishchi-xodimlar qiziqtirgan savollarga javob oldi, hamda mehnat hafsizligiga oid bilimlarini mukammallashtirib, ish jarayonida foydalanadigan bilim va ko‘nikmalarni oshirdilar.



Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI