Olis va chekka hududlarda yashovchi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda
Bugungi kunda mamlakatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning chekka va borish qiyin bo‘lgan hududlarida istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan maqsadli amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan manzilli amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, Jamiyat tasarrufidagi “Salomatlik poyezdi” chekka hududlarda istiqomat qilayotgan, tibbiy xizmatga muhtoj aholi uchun zarur tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.
Joriy yil mamlakatimizning noqulay ekologik sharoitida istiqomat qilayotgan temiryo‘lchilar va ularning oila a’zolarini, aholini va bolalarni tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordam poyezdi tashkil qilinishi bo‘yicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilovning 247-N-sonli va Sog‘liqni saqlash xizmatining 25-sonli buyrug‘i tasdiqlangan.
Mazkur buyruqlar asosida navbatdagi tibbiy yordam xizmat safari “Buzaubay” – “Uchquduq-2” – “Qizilquduq” – “Mustaqillik” – “Karakatta” – “Konimex” – “Tinchlik” – “Adjibugut” stansiyalariga tashkil qilindi. Temiryo‘lchilar va aholini chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda malakali tibbiy
yordam xizmatini ko‘rsatish maqsadida terapevt, nevropatolog, pediatr, ginekolog, endokrinolog, dermatolog, flyurograf, stomatolog kabi mutaxassislardan iborat 20 nafar malakali tibbiyot xodimlari jalb etildi.
Shifokorlar guruhi 2023 yilning 4 aprelidan 15 aprelgacha Buxoro hududidagi temiryo‘lchilarni, aholini va bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilib, vaqtida kasalliklarni oldini olish maqsadida barcha aholini va temiryo‘lchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar. Safar davomida 252 nafar ayol, 176 nafar tug‘ish yoshdagi ayol, 274 nafar bola, 54 nafar pensioner, 1016 nafar temiryo‘lchi qabul qilinib, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatildi.
Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yordamida tekshiruvlar o‘tkazildi, jumladan, 748 ta flyuorografiya, 435
ta ultratovush, 569 ta elektrokardiogramma, 841 ta laboratoriya tekshiruvi o‘tkazildi. Shuningdek, 2523 ta qon tahlili birligi amalga oshirildi. Tibbiy ko‘rik davomida aniq laborator tahlillarga va zamonaviy tekshirish usullariga tayangan holda tashxislar qo‘yildi. Har bir bemorga aniqlangan kasalliklari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi, davolash hamda sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazildi.Shaxsiy gigiyena, sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish to‘g‘risida tushuntirish ishlari oborildi.
Salomatlik poyezdining olis va chekka hududlarga bo‘ladigan keyingi safarlari yil davomida, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI