Energetik-temiryo'lchilar o'quv mashg'ulotlarida o‘z ko‘nikmalarini takomillashtirdilar

Energetik-temiryo'lchilar o'quv mashg'ulotlarida o‘z ko‘nikmalarini takomillashtirdilar

Temir yo‘l tizimida elektrlashtirilgan uchastka yo‘llari hamda yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan hududlar, korxonalar hamda zamonaviy texnikalar soni yil sayin ortib bormoqda.

Shu bois sohada faoliyat ko‘rsatayotgan elektr taʼminlovchi mutaxassislarning tajribasini oshirib borish, ularni xavfsiz ishlashini kafolatlashga bo‘lgan talab ortyapti. Bu masalada avvalo, energetiklar bilimli, tajribali bo‘lishi va katta masʼuliyatni his qilib faoliyat ko‘rsatishi zarur. Shu bois “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan tizimning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan temir yo‘llarni elektrlashtirish, taʼmirlash va soz holatda saqlashga masʼul bo‘lgan elektr taʼminoti mutaxassislarini faoliyatini muntazam nazorat qilish, tahlil qilish hamda zarur sharoitlarni yaratib berish, eng muhimi ularni bilim va tajribasini oshirib borishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Bunda ishchi-xodimlar o‘rtasida tajriba va malaka oshirish maqsadida tashkil etilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘rni beqiyos bo‘lmoqda.

“Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasiga qarashli “Qarshi” stansiyasining o‘quv mashg‘ulotlari xonasida uzelga qarashli korxona va stansiyalarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar Qarshi elektr taʼminoti korxonasi mutaxassislari bilan birgalikda xavfli holatlarni oldini olishga qaratilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.

Tadbirda mutaxassislar uchastka yo‘llarini taʼmirlash va uzilgan elektr simlarini zararsizlantirish, elektrlashtirilgan uchastka yo‘llarida taʼmirlash ishlarini olib borish, relslarni almashtirishda texnik jihatlarga eʼtibor qaratish bo‘yicha bilimlarini oshirishdi. Shuningdek, mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik qoidalariga amal qilish borasida tajriba orttirishdi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI