Navbatdagi “Salomatlik” poyezdi Qoraqalpog‘iston aholisiga xizmat ko‘rsatmoqda

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bilan hamkorligida navbatdagi “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordam poyezdi safarga chiqdi.

Joriy yil 16 maydan 22 maygacha Qoraqalpoq – Jasliq bekatlarida aholi hamda temiryo‘lchilarning profilaktik-tibbiy ko‘rikni o‘tkazish  uchun malakali terapevt, oftalmolog, nevropatolog, pediatr,  jarroh, stomatolog, ginekolog hamda UTT shifokorlari, shuningdek, rentgen-laborantlar, hamshiralar hamda boshqa tibbiy xodimlar joylarda tibbiy xizmat ko‘rsatishmoqda.

Tibbiy ko‘rik davomida aniq laborator tahlillarga va zamonaviy tekshirish usullariga tayangan holda tashxislar qo‘yildi. Har bir bemorga aniqlangan kasalliklari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi, davolash hamda sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazildi.Shaxsiy gigiyena, sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish to‘g‘risida tushuntirish ishlari oborildi.

Salomatlik poyezdining olis va chekka hududlarga bo‘ladigan keyingi safarlari yil davomida, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ 
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI