Mintaqaviy temir yo'l stantsiyalarida bahor-yoz mavsumiga faol tayyorgarlik

Bahor mavsumi boshlanishi bilan "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati rahbariyati temir yo'l stansiyalarida bahor-yozgi ko'rik o'tkazmoqda, bu jarayonda infratuzilma va harakatlanuvchi tarkib holati o'rganilmoqda. Ta'kidlash joizki, ushbu tadbirlar "O'zbekiston Respublikasi temir yo'llaridan texnik foydalanish qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi ichki buyruqqa muvofiq amalga oshiriladi.

Bahorgi-yozgi ko'rik davomida harakat xavfsizligi qoidalari, tarkibiy xo 'jaliklarning holati, mehnatni muhofaza qilish va ish o' rinlarida texnika xavfsizligi talablarining bajarilishi o ' rganiladi va nazorat qilinadi. Bundan tashqari, joylarda texnik vositalarning belgilangan talablariga muvofiqligi tekshiriladi, poezdlar harakatini tashkil etishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni aniqlash bo'yicha monitoring olib boriladi va ularni hal qilish bo'yicha takliflar kiritiladi.

Xususan, "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o'rinbosari A. Kamalov raisligidagi komissiya tomonidan "Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzel" unitar korxonasiga qarashli korxona, tashkilot va stansiyalarda mavsumiy tayyorgarlik tadbirlari o'tkazildi. Tashrif davomida yo'l xo'jaligi, infratuzilma holatini o'rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, poyezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash, belgilangan harakat tezligini yo'lning texnik holatiga moslashtirish bo'yicha tadbirlar o'tkazildi. Shuningdek, mehnat intizomiga rioya qilish, xodimlarning mehnat xavfsizligini ta'minlashga e'tibor qaratildi.

Bundan tashqari, «Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzel» unitar korxonasida ish jarayonlarining holati va bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik darajasi tahlil qilindi. Komissiya a’zolari birinchi kuni «Karvon – So‘g‘diyona – Muborak» temir yo‘l uchastkasida, so‘ngra «Kitob – Qashqadaryo – Gumbaz» uchastkasida bo‘lib, infratuzilma holatini o‘rgandi. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha barcha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilib, zarur ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, mazkur unitar korxonaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘limi tomonidan yangi innovatsion loyihalar taqdimoti o‘tkazilib, avval amaliyotga joriy qilingan ishlari namoyish etildi.

Shu bilan birga, komissiya «Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzel» unitar korxonasiga tegishli uchastkalarida mavsumiy ko'rik o'tkazdi. Tadbirda shuningdek, «Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzel» UK boshlig'i I.Farmonov, temir yo'l uchastkalari va stansiyalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etib, Toshkent  – Jizzax o'rtasidagi uzel xo'jaligini ko'zdan kechirdilar, shuningdek, 25 dan ortiq stansiyalar faoliyati bilan tanishdilar. E'tibor nafaqat yo'llarning holati va ularni saqlashga, balki temir yo'l uchastkasi yaqinidagi hududni obodonlashtirishga ham qaratildi. Uzel xodimlari hududlarni faol ravishda ko'kalamzorlashtirmoqdalar, gullar va daraxtlar ekadmoqdalar.

Shuningdek, A.Kamalov tomonidan «Termiz mintaqaviy temir yo'l uzel» unitar korxonasida ko'rik o'tkazildi. Tekshiruv davomida uzel mutaxassislari tomonidan transportning texnik va texnologik jarayonlarini tayyorlash, temir yo'l tarmog'ining holati, harakat xavfsizligini amalga oshirish, mehnatni muhofaza qilish va intizom qoidalariga rioya qilish darajasi namoyish etildi.

Bahor-yoz tekshiruvi natijalariga ko'ra, A.Kamalov uzel stantsiyalarining har bir rahbari bilan navbatma-navbat suhbatlashdi, ularning nazariy va amaliy bilimlarini tahlil qildi, stantsiya rahbarlari va mutaxassislarini doimiy ravishda o'z-o'zini rivojlantirish, malaka va tajribani har tomonlama oshirish zarurligini ta'kidladi. Shuningdek, ularga yuk tashishda ko'rsatkichlarni yaxshilash bo'yicha har bir imkoniyatdan samarali foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. O'z navbatida, komissiya a'zolari yuk tashish va yo'lovchi tashish bilan bog'liq vazifalarni bajarish va poyezdlar harakati xavfsizligini oshirish bo'yicha katta ishlar amalga oshirilganini ta'kidladilar.

Shuni qayd etish kerakki, bunday tadbirlar "O'zbekiston temir yo'llari" AJning barcha mintaqaviy temir yo'l uzellarida o'tkazilmoqda. Bu butun mavsum davomida temir yo'l infratuzilmasining uzluksiz va samarali ishlashini ta'minlashga imkon beradi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ 
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI