“Sharg‘unko‘mir” AJ: Investitsion loyihani amalga oshirish ishlari jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi v.b. X.N.Xasilov boshchilidagi Ishchi guruh “Sharg‘unko‘mir” AJ ko‘mir koniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida korxonaning loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonna ko‘mirga yetkazish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qator muhim masalalar hal etildi.
Xususan, xitoylik pudratchining hisob raqamlari ochildi. 2022-yil dekabr oyidan buyon Denov shahridagi bojxona omborida saqlanayotgan qurilish maydonchasiga 11 vagon uskunalar qurilish maydoniga olib kelindi. Shuningdek, yer ustidagi qismida qurilish ishlari uchun bu yerga 365 tonna armatura, 250 tonna sement, 125 dona temir-beton plitalar va boshqa zarur bo‘lgan qurilish materiallari keltirildi. Ixtisoslashtirilgan qurilish texnikasidan 1 buldozer, 2 ekskavator va 4 avtokran jalb etkazildi. Qurilish ishlarini amalga oshirishga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar jalb etilib, yer ustidagi qurilish ishlari olib borilmoqda. Uskunalarni montaj ishlarini amalga oshiradigan brigadasini Xitoy Xalq Respublikasidan jo‘natish choralari ko‘rildi.
10-sonli shtolnyasining sanoat maydonchasiga “Mexanika sexi va depo”, “Ma’muriy-maishiy bino” hamda “Ko‘mirni saralash va yuklash” majmuasi kurilish qurilish ishlari boshlandi. Yer osti va kon lahmlarini suv bilan taminlash inshoatlari uchun 60 m3 tizimli 6 dona syesterna “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan qurilish maydoniga olib kelindi. 10-sonli shtolnyasining sanoat maydonchaziga yoqilg‘i moylash mahsulotlarini yetkazib bermoqda.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI