Raqamlashtirish: Joylarda yangi platformalar imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Yo‘l xo‘jaligi tizimida kiritilgan yangiliklarni hamda ishlab chiqarishda tadbiq etilgan innovatsion axborot texnologiyalari bilan tanishish va o‘rganish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi barcha temir yo‘l masofalari bosh muhandislari va axborot texnologiyalari mutaxassislari ishtirokida joylarda seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Mazkur tadbir shu kunlarda “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK Innovatsion markazida bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningda Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasining “Railway observer” elektron platformasini amaliyotga tadbiq etishda yuzaga kelgan savollar muhokama qilindi. Ta’kidlash joiz, mazkur dastur yo‘l xo‘jaligi, ishchi xodimlarining faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolarni yengillatish maqsadida yaratilgan dastur. Yo‘l xo‘jaligi o‘rta bo‘g‘in rahbarlari tomonidan temir yo‘l sohasidagi PU-28, PU-29, PU-30 hujjatlarni ushbu platforma orqali elektron shaklida yuritiladi. Ushbu platformada temir yo‘l uchastkalariga berkitilgan xodim (obxodchik)larning ish faoliyatini nazorat qilishda qulaylik yaratadi hamda yo‘ldagi nosozliklarni onlayn, ya’ni real vaqt rejimida kuzatib, nazorat qilish va ularni bartaraf etilganligi haqida ma’lumotni olishda qulaylik yaratadi. Ma‘lumotlar arxivi xavfsiz serverda uzoq muddat saqlanish imkoniyatiga ega. Ushbu platforma kiberxavfsizlik talablarida kelib chiqib yaratildi.

Seminar-trening ishtirokchilari elektron platformaning yaratuvchilaridan qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi. Bundan tashqari temir yo’l tizimidagi  “Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” UK Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan yaratilgan “Elektron raqamli metrologiya”, “Tezkor telegraf”, “Izostik elektron platformasi”, “Onlayn test” kabi istiqbolli innovatsion loyihalar taqdimoti ham o’tkazildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida, ishtirokchilarga Qarshi temir yo‘l ta’mirlash korxonasida tashkil etilgan zamonaviy innovatsion dispetcherlik xonasi, undagi sharoitlar va ish faoliyati bilan tanishtirildi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ 
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI