Harbiylashtirilgan boshqarmasi xodimlariga joylarda  qulay shart sharoitlar yaratilmoqda 

“O‘zbekiston temir yo‘llari”  AJ boshqaruv raisining buyrug‘i talablari asosida, havo haroratini keskin ko‘tarilishini inobatga olib, yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlab beruvchi Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi tarkibidagi bo‘linmalar (otryad va komandalar) da xizmat olib borayotgan post o‘qchilarining sharoitlarini yaxshilash maqsadida bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirilib borilmoqda. Xususan temir yo‘l uchastkalarida suv tanqisligi mavjud joylarga (budkalarga) ichimlik suvlari  tarqatildi.

Taʼkidlash joizki, ishchi xodimlarning shart sharoitini yaxshilash maqsadida yangi sendvich  panelli post butkalar qo‘yilmoqda. Eslatib o‘tamiz, sendvich panellar xona haroratini  salqin ushlab turishda yordam beradi. 

Shuningdek temir yo‘lda havsizlikni taʼminlash maqsadida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi shtab xodimlari  tarkibidagi bo‘linmalar 2023 yil 10, 11 va 12 iyun kunlari   tasdiqlangan jadval asosida Toshkent – Samarqand – Buxoro, Maroqand – Qarshi – Kitob yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi yo‘lida, temir yo‘l  atrofida o‘rnatilgan  temir panjara, tikanli sim  to‘siqlarda mavjud   kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida joriy taʼmirlash ishlari olib borildi.

Axborot-tahliliy media markazi 
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI