“Mehr-shafqat” xizmati hamshiralari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti “Mehr-shafqat” hamshiralari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

O‘quv-seminar Tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar va hamshiralar ish faoliyati tahlili bilan boshlanib, hamshiralar ishini takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida soha mutaxassislarining hisobotlari va tavsiyalari xususida bo‘lib o‘tdi.

— So‘nggi yillarda Yurtboshimiz tomonidan aholi sog‘lig‘ini yaxshilash va tiklash, kasalliklarni oldini olish, tibbiy mutaxassislar saviyasini yana-da oshirishga qaratilgan bir qator islohotlar olib borilmoqda, — deydi “Mehr-Shafqat” xizmati boshlig‘i N.Xasanov. — “Mehr-shafqat” xizmati hamshiralarining ishi boshqa hamshiralarning ishidan bir oz farqli bo‘lib, ular tibbiy yordam ko‘rsatishdan tashqari, kasallikni oldini oluvchi, o‘z o‘rnida murabbiy, maslakdosh va tekshiruvchi, tozalovchi, ko‘makchi kabi bir qator vazifalarini ham ado etadi.  Ular birinchi yordam ko‘rsatish hamda bemorlarni parvarish qilish, ayrim kasalliklarni davolash jarayonini bevosita tashkil etib, bemorning sog‘lig‘i yo‘lida alohida hissa qo‘shadi. 

Joriy yilning o‘tgan besh oy davomida “Mehr-Shafqat” xizmatiga 1575  nafar kishi murojaat qilgan, hamshiralar tomonidan uyga borilgan ko‘rsatkichlar soni 14141 tashkil etadi. 

Hamshiralar tomonidan besh oy davomida  ehtiyojmandlarga 23497 ta tibbiy xizmat ko‘rsatilgan. Tashkilot qarmog‘idagi ehtiyojmandlarga 17 575 ta maishiy xizmatlar ko‘rsatilgan va 185 nafar ehtiyojmandlar dispanser ko‘rigidan o‘tkazilgan. Hamshiralar ehtiyojmandlar bilan yil davomida 14348 ta maʼruza va suhbatlar o‘tkazishgan.  

O‘quv-seminarga O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti “Mehr-shafqat” xizmatida faoliyat ko‘rsatayotgan 25 nafar hamshiralari jalb etilib, bilim tajribasi oshirildi.

Axborot-tahliliy media markazi 
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI