"O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyati saylov uchastkasi va "Mahallabay" tizimi faoliyati bilan tanishdi
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyati saylov uchastkasi va "Mahallabay" tizimi faoliyati bilan tanishdi
Joriy yil 26 iyun kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X.Xasilov “Temiryo‘lchilar” MFY, Toshkent temir yo‘l texnikumi binosida tashkil etilgan 118-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida uchastkada tashkil etilgan ishlar, ovoz beruvchilar ro‘yxatining shakllantirilganligi, saylovda ishtirok etuvchilarga taklifnomalarning tarqatilishi, tashkil etilgan shart-sharoitlar bilan tanish bilan birga, uchastkada ishlarni tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarni berdi.
Uchastkada saylovchilarga qulay shart sharoit yaratish maqsadida saylov uchastkasi tashkil etilgan joyga 1 dona kondisioner va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida 1 dona zahira generatori o‘rnatish yuzasidan topshiriq bergan edi. Ushbu berilgan vazifalar bajarilgan bo‘lib saylov uchastkasiga 25 mln so‘mga 1 dona kondisioner va 1 dona zahira generatori o‘rnatildi.
Joriy yil 24 iyun kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X.N.Xasilov “Oq uy” MFYga bordi. “Oq uy” MFY, oq uy ko‘chasi istiqomat qiluvchi I.Babayevaning yashash xonadoniga borib, I.Babayevaning uyini Toshkent elektr ta’minoti masofasi korxonasi tomonidan ta’mirlanishi bilan tanishdi.
Ta’mirlash ishlarining olib borilishi davomida uyning eski 2 ta romini yangi zamonaviy romlarga almashtirish to‘g‘risida mas’ullarga kerakli topshiriqlarni berdi.
Bunday tadbirlar va tashriflarni o'tkazish "O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyati tomonidan aholi va mamlakat manfaati yo'lida olib borilayotgan ishlarning muhim qismidir. Bunday tashabbuslar odamlarning hayotini yaxshilashga, ish va dam olish uchun qulay sharoit yaratishga imkon beradi, bu esa o'z navbatida umumiy aholining hayot sifatini oshirishga ta'sir qiladi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI