O‘zbekiston – Afg‘oniston: “Xayraton – Mozori-Sharif” temir yo‘lini ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish loyihasi doirasida hamkorlik
O‘zbekiston – Afg‘oniston: “Xayraton – Mozori-Sharif” temir yo‘lini ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish loyihasi doirasida hamkorlik
Hozirgi kunda “O‘zbektemiryo‘lekspeditsiya” UKning “Sogdiana Trans” shoʻba korxonasi Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi (ATY) bilan tuzilgan №ARA/001/2023 shartnomaga asosan “Xayraton – Mazori-Sharif” temir yo‘l liniyasida yuklarni tashish va ekspluatatsiya qilish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.
Ushbu faoliyat doirasida Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida SHK “Sogdiana Trans” korxonasi o‘zining beminnat yordamini ayamay ko‘rsatib kelmoqda.
Jumladan, joriy yilning 25 iyun kuni Kurbon Xayiti munosabati bilan uchrashuv tashkil qilinib, SHK “Sogdiana Trans” rahbariyati ATY rahbariyatini ushbu muqaddas bayram bilan tabrikladi va afg‘on temir yo‘l mutaxassislariga temir yo‘lning yuqori tuzilishini taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatish paytida relslar, shpallar va temir yo‘l vositalarini tashish uchun mo‘ljallangan PKB-1 "Dipler" to‘rt g‘ildirakli temir yo‘l aravachasi sovg‘a sifatida taqdim qilindi.
“Sogdiana Trans” SHK korxonasi tomonidan Afg‘oniston hududida amalga oshirilayotgan faoliyati ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shma hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga, qardosh xalqni qo‘llab quvvatlash va temir yo‘l sohasini rivojlantirishga hizmat qilmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Axborot-taxliliy markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI