“Yoshlar kuni” munosabati bilan temiryo‘lchi yoshlarga tabrik

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi X.Xasilov “Yoshlar kuni” munosabati bilan temiryo‘lchi yoshlarga tabrik yo‘lladi.

Assalomu alaykum aziz temiryо‘lchi yoshlar!

Avvalambor sizlarni “О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, kо‘pming sonli temiryо‘lchilar nomidan 30 iyun — “Yoshlar kuni” bilan samimiy muborakbod etaman.

Bugun mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash bо‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratildi. Ularning ijtimoiy faolligi, Vatan va  xalq taqdiriga daxldorlik hissi kuchayib borayotganini, zamonaviy, demokratik О‘zbekiston davlatini barpo etishdagi munosib ishtirok etayotganini quvonarli holdir.

Temir yо‘l transporti ttizimida ham yoshlarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, sohaning ishlab chiqarish, modernizatsiya qilish va yangilash jarayonlaridagi faolligi va tashabbuskorligini orttirish borasidagi ishlarimiz о‘zining ijobiy natijasini berib kelmoqda.

Ayni damda “О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimida 25 000 nafarga yaqin yosh temiryо‘lchilar faoliyat yuritayotgan bо‘lsa, ularning 370 nafari yoshlar yetakchilari sifatida о‘z tengdoshlarini bir maqsad, bir g‘oya ostida jipslashib harakat qilishga, yoshlar siyosati borasida amalga oshirishi rejalashtirilgan ishlarni bajarilishida о‘z hissalarini qо‘shib kelmoqda.

2023 yilda tizimda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 38 ta banddan iborat dastur ishlab chiqildi.

Bugungi kunda  “Eng yaxshi innovasion g‘oyalar”, “Eng faol yosh mutaxassis”, “Kasbim-faxrim”, “Zukko kitobxon”, “Temir yо‘l malikasi” “Yilning eng yaxshi yetakchisi” kabi tanlovlar sohamizda iqtidorli, intellektual salohiyatga ega yoshlarimiz borligini namoyon qilib berdi. Bunday tanlovlar yoshlarimiz ilgari surayotgan loyiha va tashabbuslarni yuzaga chiqarishda, ularning el-yurtimizga fidoyi rahbar va mutaxassis bо‘lib shakllanishida beqiyos о‘rin tutadi.

Xususan, “Innovasion g‘oyalar” tanlovida aynan ana shunday tashabbuskor, har bir masalaga yangicha yondashadigan о‘g‘il-qizlarimiz faol ishtirok etayotgani, hech shubhasiz, barchamizni xursand qiladi. Tanlov ishtirokchilarining bergan taklif va innovasion ishlanmalari orqali temir yо‘l tizimida bir qator afzalliklarga erishilmoqda.

Bu ishlarning barchasi sizning tengdoshlaringiz bо‘lgan temiryо‘lchilar tomonidan amalga oshirilib, ularning innovasion g‘oyalarini ishlab chiqarishga joriy qilinishi orqali temir yо‘l tizimida ish samaradorligining oshishiga erishilmoqda.

Barchamizning umid va ishonchimiz bо‘lgan yoshlar, bugungi bayram kunida, yana bir bora har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bо‘lib voyaga yetishi hal qiluvchi о‘rin tutishini ta’kidlamoqchiman.

О‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qо‘ygan ekanmiz, mamlakatimiz va temir yо‘l sohasidagi islohotlar kо‘lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanishimizni, ularni har tomonlama qо‘llab-quvvatlashni о‘z vazifamiz deb bilamiz.

Bugungi kunda Prezidentimizning, Siz aziz yoshlarga bildirilayotgan yuksak ishonchni oqlash, imkoniyatlardan unumli foydalanib, yanada kо‘proq о‘qib izlanishga, zamonaviy bilimlarni о‘zlashtirib, bu bilimni ishlab chiqarishga joriy qilish orqali sohamizni yanada takomillashtirishda о‘z g‘oyalaringiz, ishlanmalaringiz bilan faol qatnashishingiz kerak.

Aziz yoshlar!

Bugungi bayram mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea arafasida nishonlanmoqda. Bunda ham о‘ziga xos ma’no, hikmat bor. Zero, Prezidentimizning “Yangi О‘zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz” - degan sо‘zlari Sizlarning  qalbingizga jo bо‘lib, faoliyatingiz uchun dasturilamal bо‘lganligi shubhasizdir. Kelajagi porloq, ozod va obod Vatan qurish, erkin va farovon hayot barpo etish yо‘lidagi ezgu maqsadlar yо‘lida fidoyilik bilan yashashdan charchamang!

Har doim о‘qib-о‘rganishga, doimiy izlanish, ilm-fanga, taraqqiyot chо‘qqilarini egallashga intilib yashang!

Barchangizga baxtu saodat, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyat, el-yurt faxrlanadigan munosib farzand bо‘lishingizni tilayman!


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI