Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Narzullayev Zufar G'iyasovich "O'zbekiston temir yo'llari"AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Zufar Narzullayev 1996 yildan O'zbekiston temir yo'l sohasidagi tarkibiy bo‘linmalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2009 – 2016-yillarda temiryo‘l tizimida kapital qurilish direksiyasiga rahbarlik qilgan va elektrlashtirilgan “Angren – Pop” temir yo‘li qurilishida faollik ko‘rsatgan. 2016 – 2017-yillarda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2017-yildan buyon “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 2014 yilda "Fidokorona mehnatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Rahmetov Hikmatilla Narzullayevich "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruvi raisining Birinchi o'rinbosari etib tayinlandi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ
Axborot-tahliliy media marlazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI