Restrukturizatsiya: Boshqaruvning kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi
“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatida Boshqaruvning kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi, unda bir qator dolzarb masala va istiqbolli vazifalar ko'rib chiqildi.
Xususan, Jamiyatda kadrlar siyosatini amalga oshirilishi tanqidiy ko'rib chiqildi, temir yo'l sohasi faoliyatini takomillashtirish yo'nalishlari muhokama qilindi, shuningdek, Jamiyatning iqtisodiy faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish bo'yicha qarorlar qabul qilindi.
Boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi Narzullayev Zufar G'iyasovich, mijozlarga yo'naltirilgan faoliyat muhimligini ta'kidlab, mijoz temir yo'l uchun emas, balki temir yo‘l mijoz uchun xizmat qilishi va bu masalaga alohida e'tibor berilishi kerakligini alohida qayd etdi.
Kengaytirilgan yig‘ilishda ko'p yillar davomida temir yo'l sohasida ishlagan va uning rivojiga salmoqli hissa qo'shib kelgan temiryo'lchilarning bir guruhi tantanali tarzda nafaqaga kuzatildi. Shuningdek, Jamiyatning tarkibiy bo'linmalarida bir qator tayinlashlarni amalga oshirdi.
Axborot-tahlil media markazi
"O' zbekiston temir yo 'llari" AJ
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI