"O'zbekiston temir yo'llari" AJ Xitoy kompaniyasi bilan o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Bugun, 2023 yil 18 iyul kuni "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi v.b. Z.Narzullayev rahbarligida Xitoyning "NORINCO International Cooperation ltd" kompaniyasi vitse-prezidenti bilan muzokaralar bo'lib o'tdi., unda o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida "NORINCO International Cooperation ltd."kompaniya faoliyati, tajribasi va yutuqlari haqida batafsil ma'lumot beruvchi video taqdimotni namoyish etdi. Shuningdek, ular "O'zbekiston temir yo'llari"AJ bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan loyihalar bilan bog'liq takliflar haqida so'zlab berishdi. Xususan, O'zbekistonda vagonlar ishlab chiqarishga asoslangan temir yo'l yetkazib berish va qo'shma korxona tashkil etish loyihasi bo'yicha takliflar berildi.
O'z navbatida, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyati taqdimotga katta qiziqish bildirdi va Xitoy tomonining barcha takliflarini diqqat bilan tingladi. O'zbekiston tomoni takliflarni ichki darajada o'rganish va muhokama qilishga tayyorligini bildirdi. Keyingi hamkorlik to'g'risida qarorlar puxta tahlil va muhokamadan so'ng qabul qilinadi.
Ikkala tomon ham uchrashuv va hamkorlikni muvaffaqiyatli rivojlantirish va temir yo'l infratuzilmasi bo'yicha umumiy maqsadlarga erishish umidi uchun minnatdorchilik bildirdi.
*NORINCO International Cooperation Ltd. – Xitoyning yirik davlat kompaniyasi sanoat texnikasi ishlab chiqarish va qurilish, infratuzilma, energetika va neft, savdo va logistika xizmatlarini ko'rsatishga ixtisoslashgan.
"O'zbekiston temir yo 'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI