Bolalar oromgohida "Dolzarb 30 kun" aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Ma'lumki, mamlakatimizda "Dolzarb 30 kun" yong'in xavfsizligi oyligi davom etmoqda. Mazkur tadbir doirasida "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati Harbiylashtirilgan qo'riqlash boshqarmasi tomonidan barcha temir yo'l ob’ekt va xududlarida ham qator uchrashuv va chora-tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. 

Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent viloyati Qibray tumani FVV hodimlari bilan hamkorlikda "Qibray" bolalar sog'lomlashtirish oromgohiga kelgan bolalar bilan yong'in xavfsizligi borasida bilim va malakalarini mustaxkamlash maqsadida kelib chiqish mumkun bo'lgan  yong'imlarni oldini olish  borasida bolalar bilan yong'inlarni o'chirish borasida amaliy taktik o'quv mashg'ulotlari olib borildi. Bolajonlarda ushbu o'quv mashg'ulot katta tasurot qoldirdi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ harbiylashtirilgan qo 'riqlash boshqarmasi Qibray tumani FVV bilan birgalikda o'quv-taktik tadbir o'tkazdi. Unda bolalarga yong'in xavfsizligi qoidalari to'g'risida batafsil tushuntirishlar berildi va yong'in o'chirgichlardan qanday qilib to'g'ri foydalanish haqida gapirib berildi. 

Tadbirda katta qiziqish bilan ishtirok etgan bolalar ko'plab savollar bilan ishtirok etishdi. Harbiylashtirilgan qo'riqlash boshqarmasi hamda Qibray tumani FVV xodimlari ularga mamnuniyat bilan javob berishdi va yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish muhimligini tushuntirishdi. Natijada, bolalar nafaqat nazariy bilimlarni, balki hayotda ular uchun foydali bo'lgan amaliy ko'nikmalarni ham xosil qilishdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Axborot-tahliliy media markazi
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI