Jamiyat rahbariyatining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi
Avval xabar berganimizdek, "О‘zbekiston temir yо‘llari" AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Zufar Narzullayev rahbarligidagi ishchi guruh mamlakatimiz temir yо‘l tizimi tasarrufidagi korxona va tashkilotlar faoliyati, tashish va ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahalliy aholi va xorijlik sayyohlarga temir yо‘l transporti xizmatini kо‘rsatish sifati va samaradorligini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Tashrif doirasida bugun "Qarshi mintaqaviy temir yо‘l uzeli" unitar korxonasiga qarashli korxonalar, temir yо‘l stansiya va vokzallar faoliyati о‘rganildi.
Shu kunning о‘zida uzel majlislar zalida tezkor yig‘ilish о‘tkazildi. Unda korxona va tashkilotlar faoliyati tо‘g‘risida ma’lumotlar tinglandi.
Yig‘ilishda boshqaruv raisi v.b. Z.Narzullayev sо‘zga chiqib, uzel tasarrufidagi temir yо‘l korxonalarining ish faoliyati bо‘yicha tanqidiy-tahiliy fikrlarni aytib о‘tdi.
– Har bir korxona rahbari о‘z zimmasidagi vazifaga mas’uliyat bilan yondoshib ishlashi lozim. Rahbarning о‘zi boshqalarga о‘rnak bо‘lib ishlashi juda muhim. “Qilamiz”, “Bajaramiz” deb emas, “Qilaman”, “Bajarman” deb harakat qilish kerak. Har bir soha xodimi о‘z ishiga vijdonan va mehr bilan yondashsagina yuksak marralarga erishamiz, - dedi boshqaruv raisi v.b. о‘z sо‘zida.
Shuningdek, tashrif doirasida uzelning Innovatsion markazida innovatsion loyihalar taqdimoti bо‘lib о‘tdi. Unda malakali temir yо‘l mutaxassislarining 10 ta innovatsion loyihasi, platforma va Star-up loyihalari bilan tanishildi. Boshqaruv raisi v.b. mazkur loyihalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish, ular bо‘yicha yanada puxta va samarali ish olib borish, erkin bozorga kiritishni rejalashtirish bо‘yicha tavsiya va topshiriqlar berdi.
Tashrif davomida Qashqadaryo hududidagi temir yо‘l korxona va tashkilotlarning ish faoliyatini yanada takomillashtirish, mehnat samaradorligini oshirish, ishchi-xodimlar ish sharoitini yaxshilash borasida qat’iy vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.
Axborot-tahliliy media markazi
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI