Тerrorizm va ekstremizmning oldini olish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ  Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari  Toshkent statsionar otryadi “Toshkent-Markaziy” va “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzallarida xavfsizlikni taʼminlash xodimlari hamda Davlat xavfsizligi xodimlari va TIIB xodimlari  ishtirokida   temir yo‘l vokzallarida xavfsizlikni taʼminlash borasida ishchi xodimlar bilan seminar mashg‘ulotlari olib borildi. 

Mashg‘ulot davomida Davlat xavfsizligi xodimlari tomonidan yig‘ilish qatnashchilariga  davlatning shakllanishi va rivojlanishida mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash uchun jamiyatimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan biri – jinoyatchilikka qarshi kurash. 

Shu bois katta ijtimoiy xavfga ega bo‘lgan jinoyatlardan qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish jinoyatlari alohida o‘rin tutishi, bunday turdagi jinoyatlar, hozirgi kunda o‘ta xavfli jinoyatlar sifatida namoyon bo‘layotgani, jamoat xavfsizligini taʼminlash bilan bog‘lik ijtimoiy munosabatlarga tahdid solayotgani haqida to‘xtalib o‘tildi. Misol tariqasida Afg‘oniston, Suriya davlatlarida sodir bo‘lgan terrorchilik harakatlari insonlarning umriga zomin bo‘lganligi va ushbu terrorchilik harakatlariga ayollarni va begunoh bolalarni jalb qilinayotganligini  video roliklar orqali ishchi xodimlarni ogohlikka chaqirib  ko‘rsatib o‘tdi.

Dunyoda sodir etilgan terrorchilik harakatlarining davlatlar bo‘yicha taqsimoti, terrorchilik harakatlarini amalga oshirish vositalari, temir yo‘llarda sodir etilgan terrorchilik harakatlari, portlovchi moddalar tashqi taʼsir sezuvchanligiga ko‘ra guruhlarga bo‘linishi, portlatish jihozlari, portlash xavfi bo‘lgan obyektlar aniqlangandagi xatti-harakatlar, xavfsizlik choralari va xavfsizlik masofasi haqida keng tushunchalar berib o‘tildi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI