Rahbariyat Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeliga tashrif buyurdi

“О‘zbekiston temir yо‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b. Z.Narzullayev temir yо‘l tizimi korxona va tashkilotlari faoliyatini о‘rganish va ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida “Toshkent mintaqaviy temir yо‘l uzeli” unitar korxonasi real ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan tanishdi. 
  
О‘rganishlar doirasida Boshqaruv raisi ishtirokida uzelning ijtimoiy holati, iqtisodiy sharoiti, mavjud muammolarini tizimli tahlil etish hamda amaliy yordam berishga qaratilgan yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.   

Yig‘ilishda korxona mutasaddilarining taklif va muammolari atroflicha kо‘rib chiqildi. Faoliyatni yanada yaxshilash bо‘yicha bir qator muhim tashabbus va takliflar  ijobiy yechimini topdi. Ular ijrosi bо‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.   

Tadbirda sо‘zga chiqqan boshqaruv raisi uzel temir yо‘l korxonalari ish faoliyatiga ijobiy baho berib, boshqa temir yо‘l uzellari “Toshkent mintaqaviy temir yо‘l uzeli” unitar korxonasi faoliyatidan namuna olib ishlashi maqsadga muvofiq bо‘lishini alohida ta’kidladi. 

Shuningdek, Boshqaruv raisi uzelda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaxshi yо‘lga qо‘yilganigi, kadrlar bilan ishlashda о‘ziga xos maktab yaratilganligini e’tirof etdi.  

— Temiryо‘lchilar bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning faol ishtirokchisi, xalqimiz farovonligi, yurtimiz ravnaqi yо‘lida zamon bilan hamnafas bо‘lib mehnat qilishlari lozim, - dedi Z.Narzullayev. - Buning uchun barchamizdan katta mas’uliyat, tezkorlik va о‘z ishimizni sidqidildan ado etishni talab etiladi. Eng muhimi, har birimiz zimmamizdagi ishlarimizni yanada jonlantirish, mavjud imkoniyatlardan maksimal foydalanish faoliyatimizning bosh mezoniga aylanmog‘i kerak. “Toshkent mintaqaviy temir yо‘l uzeli” unitar korxonasida bu boradagi ishlar yanada takomilashtirishiga ishonamiz.  

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI