Maqsadlar aniq, mas’uliyat bilan ishlash kerak

“О‘zbekiston temir yо‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b. Z.Narzullayev bir qator temir yо‘l korxonalari hamda “Andijon mexanika zavodi” shu’ba korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatida bo’ldi. 

Yirik ishlab chiqarish salohiyatiga ega  “Andijon mexanika zavodi” shu’ba korxonasi nafaqat temir yо‘l tizimiga, balki mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojida muhim о‘rin tutadi. Shu boisdan zavod faoliyatida zamonaviy texnologiya asosida sifat va samaradorlikka erishish, xususan, mavjud sexlarni zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlash, ishlab chiqarish va mahalliylashtirish, import о‘rnini bosuvchi yangi qismlar va mahsulotlar ishlab chiqarish yuqori darajada bо‘lishiga erishish kerak.  
 
Boshqaruv raisi korxonada ushbu vazifalar doirasida ayni kunlarda olib borilayotgan ishlar, ishlab chiqarish jarayonlarini birma-bir kо‘zdan kechirdi. Korxona rahbariyati va mutaxassislariga zavod faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida ichki imkoniyatlarga tayanish va ularni samarali ishga solish zarurligini ta’kidladi. 
 
Ishlab chiqarishda ishlayotgan ishchi-xodimlarning zalvorli va mashaqqatli mehnati alohida e’tirof etilib, sharoitlarini yanada yaxshilash bо‘yicha korxona rahbariyatiga topshiriqlar berdi.  

– Bugugi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi “Inson qadri uchun” degan tamoyilga qaratilgan, – dedi Z.Narzullayev.  – Issiqni issiq, sovuqni sovuq demay, о‘z kasbiga mas’uliyat va sadoqat bilan yondoshib mehnat qilayotgan ishchilarga qulay ish sharoiti yaratish va ularni har tomonlama qо‘llab-quvvatlashga eng muhim vazifa deb qarashimiz kerak. 
 

Zavod faoliyatidagi yutuqlar bilan birga kamchiliklarga ham e’tibor qaratildi. Korxona hududini kо‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bо‘yicha tanqidiy fikrlar bildirildi. Bu borada eng namunali korxona sifatida  “Toshkent mexanika zavodi” AJ faoliyatidagi yutuqlarni о‘rganish maqsadga muvofiq bо‘lishini ta’kidlab о‘tdi.     

Shuningdek, Boshqaruv raisi temiryо‘lchilar tomonidan Andijon shahrida Bobur shoh kо‘chasining 2 ta qismini tutashtiruvchi yо‘l о‘tkazgich qurilishini borib kо‘rdi. Mazkur bunyodkorlikni belgilangan muddatda, sifatli qilib foydalanishga topshirish bо‘yicha topshiriqlar berdi.  

Shu kunning о‘zida Boshqaruv raisi Andijon temir yо‘l vokzalida bo’lib, mutasaddilariga yurtimiz aholisi va xorijiy sayyohlarga zamonaviy xizmat kо‘rsatishni yanada takomillashtirish, barcha qulayliklar va shart-sharoitlarni yuqori darajada tashkil etish bо‘yicha tavsiya va kо‘rsatmalar berdi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI