Jamiyat rahbariyati Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif buyurdi
“О‘zbekiston temir yо‘llari” AJ boshqaruvi raisi Z.Narzullayev temir yо‘l tizimi korxona va tashkilotlari faoliyatini о‘rganish maqsadida “Qо‘ng‘irot mintaqaviy temir yо‘l uzeli” unitar korxonasida bо‘ldi.
Boshqaruv raisi ishtirokida uzelning ijtimoiy va iqtisodiy holati, mavjud muammolarning tizimli tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.
Unda iqtisodiy kо‘rsatkichlarni oshirish bо‘yicha korxona va tashkilot rahbarlarining takliflari eshitildi.
Tadbirda sо‘zga chiqqan boshqaruv raisi uzel temir yо‘l korxonalari ish faoliyatiga baho berar ekan, qoraqalpog‘istonliklar azaldan mehnatsevar va zahmatkash xalq bо‘lganligini alohida e’tirof etib, hozir har qachongidan kо‘ra katta mas’uliyat bilan ishlaydigan davr ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
– Temir yо‘l korxonalari har biri о‘z funksiyalari doirasida ishlashi, har bir ishchi-xodim о‘z vazifasini sadoqat bilan, sidqidildan bajarishi lozim, – deya qayd etdi.
Shuningdek, yig‘ilishda korxonalarda raqamlashtirishga katta e’tibor qaratish, “О‘ztemiryо‘lyо‘lovchi” AJ filiali aholi va turistlarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish, ehtiyojdan kelib chiqib, qо‘shimcha vagonlar qо‘yish bо‘yicha alohida tavsiya va topshiriqlar berdi.
Yig‘ilish sо‘ngida boshqaruv raisi temiryо‘lchilarni yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI