AZIZ VA QADRLI TEMIRYO‘LCHILAR!

Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi muhim ayyom – O‘zbekiston temir yo‘l transporti xodimlari kuni bayrami bilan samimiy tabriklaymiz! 

Barchangizga maʼlumki, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida Vatanimiz taraqqiyotining yangi bosqichida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz erkin, obod va farovon hayot qurish, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ulug‘vor ishlar yo‘lidan dadil bormoqda. Temir yo‘l sohasi ham davlatimiz rahbarining doimiy eʼtibori va qo‘llab-quvvatlashi natijasida tubdan takomillashib, barqaror rivojlanmoqda. 

Jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyoti yo‘lidagi hayotbaxsh islohotlarda temir yo‘l sohasi ham mamlakatimizning muhim iqtisodiy tarmog‘i sifatida o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda. Aytish mumkinki, har biringiz bu yangilanish va o‘zgarishlar ishtirokchisi va yaratuvchisisiz! 

Barchangizga yurtimizning buyuk kelajagi, xalqimizning farovonligi, baxt-saodati, sohamizning bundan-da yuksak taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan keng qamrovli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Oilalaringizdan xotirjamlik, ro‘zg‘oringizdan qut-baraka va farovonlik arimasin! Temir yo‘l sohasi ravnaqi yo‘lida ishtiyoq bilan mehnat qilishda aslo charchamang! Bayramingiz muborak bo‘lsin! 

Hurmat va ehtirom bilan, 

 “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b.
Z.NARZULLAYEV

O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi
 Q.SABIROV

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI