Jamiyat rahbariyati metro qurilishi loyihasini amalga oshirish bilan tanishdi

Bugun, 2023-yil 5-avgust kuni “О‘zbekiston temir yо‘llari” AJ boshqaruvi raisi Z.Narzullayev Toshkent yerusti metro yо‘nalishining  ikkinchi bosqich qurilishi “Quruvchilar-Qipchoq” uchastkasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. 

Ma’lumki, ushbu yо‘nalishda loyihada belgilangan 13-, 14-bekatlar qurilishi davom ettirilmoqda. 14-bekat Sergeli yerusti metro yо‘nalishining 5-bekatiga ulanadi. 

Boshqaruv raisi quruvchilarga sifat va xavfsizlikka e’tibor bergan holda qurilish ishlarini jadallashtirish bо‘yicha bir qator kо‘rsatmalar berdi. Ishchilarga qulay ish sharoitlari yaratish, ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish bо‘yicha tavsiya va topshiriqlar berdi. 

Boshqaruv raisi qurilishida ishtirok etayotgan temiryо‘lchilarni kasb bayrami bilan tabriklab, mazkur bunyodkorlik ishini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi uchun barcha kuch va  imkoniyatlarni safarbar etish lozimligini ta’kidladi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI