Temir yо‘lda yoshlar siyosati va innovatsion loyihalar taqdimoti
Bugun, 2023 yil 8-avgust kuni “О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyatida yoshlar siyosati va yosh temiryо‘lchilarning axborot texnologiyalari bо‘yicha amalga oshirayotgan innovatsion g‘oya va takliflari yuzasidan о‘tkazilgan yig‘ilishda ushbu masalalarga yana bir bor e’tibor qaratildi.
Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qо‘llab-quvvatlash, ularning qobiliyatini yuzaga chiqarish uchun zarur sharoitlar yaratish, yosh avlodning ilm-fanga bо‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini rо‘yobga chiqarish davlat siyosati darajasiga kо‘tarilgan.
Shu jumladan, temir yо‘l transporti tizimida ham yoshlarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, sohaning ishlab chiqarish, modernizatsiya qilish va yangilash jarayonlaridagi faolligi hamda tashabbuskorligini oshirish masalasiga doimiy ahamiyat qaratilib kelinmoqda.
Boshqaruvi raisi Z.Narzullayev boshchiligida о‘tgan yig‘ilishda tegishli boshqarma boshliqlari hamda joriy yil tizimda о‘tkazilgan “Innovatsion g‘oyalar” tanlovida g‘oliblikni qо‘lga kiritgan “Buxoro mintaqaviy temir yо‘l uzeli” UK va “Qarshi mintaqaviy temir yо‘l uzeli” UKda faoliyat yuritayotgan temiryо‘lchi yoshlar ishtirok etdi.
Yosh mutaxassislar temir yо‘l transportida yangi innovatsion loyihalarni joriy qilish va raqamlashtirish bо‘yicha yoshlar о‘zlarining takliflarini taqdim etishdi. Xususan, “Buxoro mintaqaviy temir yо‘l uzeli” UKda faoliyat yuritayotgan 7 nafar yosh mutaxassisning 5 ta, “Qarshi mintaqaviy temir yо‘l uzeli” UK faoliyat yuritayotgan 6 nafar yosh mutaxassisning 3 ta innovatsion g‘oyalari taqdimoti yig‘ilganlarga havola etildi.
Izlanuvchan va tashabbuskor yoshlar mazkur innovatsion takliflari bilan temir yо‘lda sohani raqamlashtirish, ta’mir jarayonlarining tezkorligini oshirish, ta’mirlashda import о‘rnini bosuvchi mahsulotni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish, harakat xavfsizligini ta’minlash va baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tezkor bartaraf qilish, bir sо‘z bilan aytganda, yuqori samaradorlikka erishish mumkinligini ilmiy-nazariy tahlil qilib berdi.
Jumladan, “Qarshi mintaqaviy temir yо‘l uzeli” UK AKT va AX bо‘limi boshlig‘i Bobur Begaliyevning “Elektron raqamli metrologiya” ishlanmasi WEB platforma bо‘lib, u metrologiya cohasini raqamlashtirishni kо‘zda tutadi. Tizim yuqori samaradorlik va tejamkorlikka egaligi, ortiqcha vaqt talab qilmasligi, yuqori natijaga erishishi bilan ahamiyatlidir. Eng muhimi, bir vaqtning о‘zida bir necha tizimlardan bitta platforma yordamida foydalanish imkoni paydo bо‘ladi.
Shuningdek, “Buxoro mintaqaviy temir yо‘l uzeli” UK Tinchlik deposi boshlig‘i о‘rinbosari Xojiakbar Yalg‘ashev D49 dizeli uchun mо‘ljallangan havo sovutish uskunasi yaratgan. Hozirgi kunda D49 dizelining har bir detali chet eldan olib kirilishi va shu bilan birga, valyuta kursida hisoblanishi anchagina xarajatlarni kо‘payishiga olib kelmoqda. Ushbu havo sovutish uskunasi mahalliy sharoitda ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinsa, 3 mlrd iqtisodiy samaradorlikka erishilishi mumkin. Uskunani ishlab chiqarish uchun xomashyo mahsulotlarini mahalliy bozorlaridan topish imkoni mavjud bо‘ladi.
Yosh temiryо‘lchilar loyihalari tegishli boshqarma boshliqlari tomonidan qizg‘in muhokama qilindi. Bu ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish bо‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Boshqaruv raisi tegishli mutasaddilarga yoshlarning innovatsion g‘oyalarini amaliyotga joriy qilish bо‘yicha, har oyda amalga oshirilayotgan ishlar hisoboti tahlil qilib borish va loyihalarni amaliyotga joriy qilish uchun moliyalashtirish bо‘yicha topshiriq va kо‘rsatmalar berdi.
– Zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayanib ish tutish, albatta о‘z samarasini beradi, – dedi Z.Narzullayev tadbir sо‘ngida. – Yoshlarning taklif va g‘oyalarini qо‘llab-quvvatlash, yosh kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, bilim darajasi yuqori, iqtidorli yosh temiryо‘lchilarni aniqlash, kasbdoshlar о‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish bilan birgalikda о‘z bilim-salohiyatini namoyish etish uchun qator imkoniyatlar yaratib berish bilan sohani yanada rivojlantirishga keng yо‘l ochgan bо‘lamiz.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI