
Yuk jo'natuvchilar va yuk qabul qiluvchilar diqqatiga!
Vagonlarni qo'yib berish va olib chiqish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash maqsadida, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ O'zbekiston Respublikasi temir yo'l Nizomining 43-moddasiga muvofiq 2023 yil 5 sentyabrdan vagonlarni shoxobcha yo'llariga qo`yib berish va olib chiqish uchun yangi stavkalarni amal qilishini ma'lum qiladi.
Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan qo'shimcha ishlar va xizmatlarning xarajatlarini qoplash maqsadida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ 2023 yil 5 sentyabrdan shartnomaviy (erkin) narxlarning yangi tarif qiymatlari amal qilishini ma'lum qiladi.
Batafsil ma'lumotlar bilan "O'zbekiston temir yo'llari" AJning rasmiy saytida (https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24487/), (https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/28417/) hamda "O'zbekiston temir yo'llari" AJning tarif stansiyalarida tanishish mumkin.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI