Obodonlashtirish oyligi davom etmoqda

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 21 iyuldagi 459–F-sonli farmoyishiga asosan yurtimizda joriy yil 30-iyuldan 30-avgustgacha “Obodonlashtirish oyligi” eʼlon qilingan. Mazkur keng ko‘lamli tadbir doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi barcha korxona va tashkilotlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

Jumladan, barcha temir yo‘l uchastkalari atrofi va yo‘nalishlari bo‘ylab tozalash, tarkibiy korxona va tashkilotlar hududini obodonlashtirish, energetika tarmoqlarini hamda ichimlik va oqava irrigatsiya obyektlarini tartibga keltirish, suv inshootlarini tozalash, bino va inshootlarni taʼmirlash, kabi ishlar qizg‘in amalga oshirib kelinmoqda. Bajarilgan ishlar bo‘yicha kunlik hisobotlar berib kelinmoqda. Jumladan, hozirda, yaʼni 25 avgust kuniga qadar, maxsus ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida, joylarda jami 3042,35 km temir yo‘l atroflari tozalandi, 177,94 km ichimlik va oqava suv tizimlari tozalandi, 461,94 km elektr tarmoqlari taʼmirlandi, 221,99 km irrigatsiya tarmoqlari tartibga keltirildi, bino va inshootlarning 179 287,50 kv.metr qismi tozalandi, 39466 tup daraxtlarga shakl berildi, 36 335 tup mavsumiy gullar ekildi, korxona hududlarining 2 444 334 kv.metr maydoni obodonlashtirildi, 847,47 tn chiqindilar maxsus chiqindi joylash hududlarga olib chiqildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish borasida Jamiyat bo‘yicha obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI