RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda bloggerlardan biri, rasmiy maʼlumot olish uchun bir qator savollar bilan murojaat qildi. Jumladan, «Sharg‘unko‘mir» AJni modernizatsiya qilish va ushbu sanoat korxonasi xodimlari uchun qurilgan dam olish maskani haqida.
Birinchidan, avval maʼlum qilganimizdek “Sharg‘unko‘mir” AJ ni modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasini ishga tushirish bo‘yicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xamda “Sharg‘unko‘mir” AJ tomonidan saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Investitsiya loyihasining yer usti qurilish ishlari yakunlanib, uskunalarni montaj qilish ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, yaqin kunlarda yakunlanish arafasida.
Bundan tashqari, uskunalarni murakkab tog‘ sharoitlarida yer osti koniga montaj qilish ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, loyihani to‘la quvvatda 2023 yil yakuniga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan.
Murojaatchini ko‘p bora qiziqtirayotgan savol, loyihaning birinchi navbatini ishga tushirish muddati Prezidentimiz qaroriga asosan 2023 yil 31 avgustga qadar belgilangan. Ammo investitsiya loyihasining yer osti kon lahmlariga tog‘-kon uskunalarini montaj qilish ishlari murakkabligi jihatidan O‘rta Osiyoda yagona hisoblanib, Xitoylik mutaxasislarning fikr mulohazalarini inobatga olgan holda, yer ostiga olib kirilayotgan uskunalarni ( 63 dona krep) montaj qilish ishlarida ko‘p vaqt talab etilmoqda. Yuqoridagi o‘zgarishlar bo‘yicha tegishli tashkilot va vazirliklarga maʼlumotlar taqdim etilib, loyihani ishga tushirish muddati uzaytirilgan.
Hozirgi kunga kelib 20-25-50 tonnalik uskunalarni yer ostiga montaj qilish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. “Sharg‘unko‘mir” AJ butun jamoasi bilan ham murojaatchi taʼkidlaganidek, loyihani tezroq ishga tushirib, yangi ish o‘rinlar yaratish va davlatimiz byudjetiga tushumlarni oshirish uchun tunu-kun xizmat qilib kelmoqda.
Shu kunga qadar “Sharg‘unko‘mir” AJ maʼmuriyati tomonidan bildirilgan munosabatlarga nisbatan kimdadir shubha paydo bo‘lsa, investitsiya loyihasi amalga oshirilayotgan joyga kelib, amalda bajarilayotgan ishlar bilan shaxsan tanishishi tavsiya etiladi.
Ikkinchidan, “Sharg‘unko‘mir” AJ 1958 yilda ish faoliyatini boshlagan bo‘lsa-da shu kungacha ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun yetarli shart-sharoitlar mavjud emas edi, jamiyatga tegishli bolalar oromgohi esa ancha yillar oldin xususiylashtirib yuborilgan.
Ishchi-xodimlarning muammo va takliflarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishlarda ishchi-xodimlarning bir necha bor takroriy bergan takliflari va iltimoslari inobatga olingan holda “Sharg‘unko‘mir” AJ ishchi-xodimlarining ishdan bo‘sh vaqtlarini oila aʼzolari bilan birgalikda mazmunli o‘tkazishlari maqsadida Jamiyatga qarashli yuqori texnologik majmua tog‘-yon bag‘rida hashar yo‘li bilan ishchi-xodimlar dam olish joyi barpo etildi. Ishchi-xodimlar dam olish maskani qurilishida asosan korxonada olib borilgan qurilish jarayonlarida chiqqan eski va yaroqli qurilish materiallaridan foydalanilgan holda uchastkalar ishchi-xodimlarining asosiy ishidan bo‘sh vaqtda ixtiyoriy ravishda bergan yordamlari bilan amalga oshirildi. Dam olish maskani qurilishida jamiyatdagi hech bir uchastka qarab turmadi, deyarli barcha ishchi-xodimlar: yuqori texnologik majmua (YUTM), quyi texnologik majmua (QTM) va idora xodimlari yelkama-yelka turgan holda o‘z hissasini qo‘shishdi.
Ushbu dam olish joyida bolalar maydonchasi, cho‘milish havzasi, oshxona va dam olish joylarining sanitariya qoidalari talablari asosida foydalanilishi hamda doimiy toza-ozoda saqlanishini nazorat qilish lavozim vazifasidan kelib chiqqan holda Tibbiy punkt katta feldsheri A.Karimov zimmasiga yuklatilgan.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI