"DARYA" loyihasi doirasida xalqaro seminar bo'lib o'tdi

Joriy yilning 17-19 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Yevropa taʼlim fondining (ETF) DARYA loyihasi doirasida “Tegishli malaka uchun ko‘nikmalarga bo‘lgan talabni o‘rganish” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarning ikkinchi kunida Respublikamizning nufuzli professional taʼlim muassasalaridan biri bo‘lgan Toshkent temir yo‘l texnikumiga tadbir ishtirokchilarining tashrifi uyushtirildi.

Tashrif davomida seminar ishtirokchilariga Texnikum rahbariyati, pedagoglar va o‘quvchilar hamrohlik qildilar.

Mehmonlarga texnikum tarixi, o‘quv jarayoni va ularni qiziqtirgan milliy baholash tizimi, bundan tashqari professional standartlarni ishlab chiqishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar uzviyligi hamda ushbu tizimning afzalliklari to‘g‘risida atroflicha maʼlumot berildi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI