“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va mamlakatimiz sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

UNWTO Bosh Assambleyasining davom etayotgan yubiley 25-sessiyasi doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati ishchi guruhi va mamlakatimizning yetakchi turoperatorlari vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini, shuningdek, turoperatorlar o‘z xizmatlarini ko‘rsatishda duch kelayotgan temir yo‘l transporti sohasidagi muammolarni muhokama qilish va rivojlantirishga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.Raxmetov, boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari maslahatchisi U.Ibragimov, v.b. “O'ztemiryo'lyo'lovchi” AJ bosh direktori Sh.Qodirov, shuningdek, Grand Asia Group, Central Asia Travel, Marakanda Travel, Doira travel, Wow travels, Turan travel service, Asia adventures kabi sayyohlik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

X.Rahmetov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini saqlab qolish va mustahkamlashga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, umumiy taklif va muammolarni muhokama qilish uchun muntazam yig‘ilishlar o‘tkazishni taklif qildi. Turoperatorlar, o'z navbatida, xizmatlar ko'rsatishda duch keladigan muammolarini bildirdilar.

Aytib o‘tilgan asosiy masalalardan biri poyezd chiptalari taqchilligiga qarshi kurashish maqsadida yaqinda joriy etilgan “1 ta pasport – 1 chipta” tizimidir. Endi boshqa mijozlar shaxsiy sabablarga ko'ra sayohatni bekor qilsalar, turoperatorlar boshqa yo'lovchilar uchun chiptalarni qayta rasmiylashtira olmaydi. Ilgari turoperatorlar bitta pasport uchun sotib olingan barcha chiptalarni sayyohlarning yakuniy ro‘yxatiga muvofiq qayta rasmiylashtirishi mumkin edi. Biroq, yangi qoidalar bunga yo'l qo'ymaydi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, chiptalarni sotishning belgilangan qoidalariga ko'ra, faqat alohida hollarda chiptani boshqa shaxsga qayta rasmiylashtirish mumkin, lekin guruhlar uchun emas.

Erta bron qilish muammosi ham muhokama qilindi. Ko'pgina sayyohlar o'z sayohatlarini chiptalar sotuvga chiqarilishidan ancha oldin rejalashtirishadi (bilasizlarki, chiptalar jo'nash kunidan 45 kun oldin sotiladi), bu esa turoperatorlar uchun qiyinchiliklar tug'diradi.

Shuningdek, turizmni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadigan temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokamasi ham uchrashuvning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati temir yo‘l tarmog‘ini modernizatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek, qatnov sifati va qulayligini oshirish maqsadida yangi poyezdlarni xarid qilish va joriy etish bo‘yicha o‘z rejalari bilan tanishtirdi.

Mazkur yig‘ilish O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining mamlakat turizm industriyasini rivojlantirishga faol yordam berishga tayyor ekani ta’kidlandi. Kompaniya rahbariyati va turoperatorlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari ko‘proq sayyohlarni jalb qilishga va O‘zbekistonning jozibador sayyohlik yo‘nalishi sifatida ijobiy imidjini ilgari surishga yordam beradi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
1

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI