"O'zbekiston temir yo'llari" AJ va Xitoyning "Xi'an FTP" kompaniyasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi


2023-yil 26-oktabr kuni "O'zbekiston temir yo'llari" AJda Xitoyning "«Xi’an Free Trade Port Construction and Operation Co., Ltd.» (Xi'an FTP) kompaniyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv doirasida konteyner tashish hajmini oshirish, shuningdek, qo'shma logistika markazlari va boshqa infratuzilma ob'ektlarini qurish masalalari ko'rib chiqildi.

Muhokamaning asosiy mavzularidan biri Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi xalqaro transport yo'laklari bo'ylab konteyner blok-poyezdlari hajmining oshishi, shuningdek, O'zbekiston orqali boshqa mamlakatlarga tranzit o'tishi bo'ldi. Yuklarni samarali tashishni ta'minlash uchun xalqaro logistika xizmatlarini birgalikda rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlashga, shuningdek, ikki mamlakatning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishga ko'maklashuvchi hamkorlikni rivojlantirish va qo'shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI