E’LON

O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tegishli bo‘lgan lokomotivlar yordamida umumiy foydalanishda bo‘lmagan shohobcha yo‘llarida manyovr ishlarini amalga oshirishda xarajatlarni qoplash maqsadida 2023 yil 1 dekabrdan 182 389 (bir yuz sakson ikki ming uch yuz sakson to‘qqiz) so‘m (QQSsiz) miqdoridagi yig‘im quyidagi hollarda hisoblanadi:

- “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli lokomotivlar yordamida umumiy foydalanishda bo‘lmagan shohobcha yo‘llarida vagonlarni qo‘yib berish va olib chiqish vaqtidan tashqari, korxona, tashkilot va muassasalarning alohida talabiga binoan, yuk qabul qilib topshiruvchi eslatmasi yoki vagonlarni berish va olib chiqish varaqasi bilan (manyovr ishlarining boshlanish va yakunlash vaqtlari ko‘rsatilganda) rasmiylashtirilgan holda manyovr ishlarini amalga oshirishda har 30 daqiqasi uchun. Bunda, to‘liq bo‘lmagan yarim soat to‘liq deb hisoblanadi;

- “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli lokomotivlar yordamida shohobcha yo‘llariga, pristan va port shohobchalariga vagonlarni qo‘yib berish va olib chiqish jarayonidan tashqari yuk egalari, pristan va portning alohida talabiga binoan umumiy foydalanishda bo‘lmagan shohobcha yo‘llarida amalga oshiriladigan manyovr ishlarining har 30 daqiqasi uchun. Bunda, to‘liq bo‘lmagan yarim soat to‘liq deb hisoblanadi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI