O'zbekiston – Qozog'iston: О'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2023 yil 19-20 noyabr kunlari "O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyati "Qozog'iston temir yo'llari" MK" AJ delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi va unda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Qozoq hamkasblari delegatsiyasiga "Qozog'iston temir yo'llari" MK" AJ boshqaruv raisining logistika bo'yicha o'rinbosari E.Koyshibayev boshchilik qildi.

Jamiyatlar o‘rtasida yuk tashish hajmini oshirish, tarif imtiyozlarini taqdim qilish, poyezdlarni qabul qilish va o‘tkazish, o‘zaro axborot tizimlari orqali ma’lumot almashish, raqamlashlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hududlari orqali, birinchi navbatda, o‘zaro manfaatli tarif imtiyozlarni berish va ularni kelgusi davrlar uchun qo‘llash bo‘yicha oldindan kelishib olish yo‘li bilan yuklarni tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida uzoq muddatli o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Raqamlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish maqsadida tegishli mutaxassislar o‘rtasida videokonferensaloqa orqali uchrashuvlarni tashkil etish kelishildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasida ikki tomonlama bayon imzolandi.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI