Yubiley yo‘lovchilarini kutib olish: “Afrosiyob” 7 million yo‘lovchi tashish darajasiga yetdi

Bugun, 2023-yil 12-dekabr kuni “Toshkent – Markaziy” temir yo'l vokzalida "Afrosiyob" poyezdlarida 7 millioninchi yo‘lovchi kutib olgan maxsus tadbir bo'lib o'tdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan 12 yil mobaynida ushbu “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarida tashilgan yo‘lovchilar soni 7 million nafarga yetdi. Xususan, “Toshkent-markaziy” temir yo‘l vokzalida “Toshkent – Buxoro” yo‘nalishida harakatini amalga oshirgan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdida yo‘lga chiqqan yo‘lovchilarga “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tayyorlangan “7 millionchi  yo‘lovchi” estalik sovg‘alari topshirildi.

Ma’lumki, 2011 yil mamlakatimizga ilk bora Ispaniya davlatida ishlab chiqarilgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi 2 ta “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari olib kelingan edi. O‘tgan o‘n ikki yil mobaynida bunday poyezdlar soni 6 taga yetdi.

Hozirgi kunda mazkur poyezdlar “Toshkent – Samarqand – Toshkent”, “Toshkent – Buxoro – Toshkent” hamda “Toshkent – Qarshi – Toshkent” yo‘nalishlarida muntazam qatnovini amalga oshirib, har kuni 3 ming nafar yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazib qo‘ymoqda.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI