“Temiryo‘lkargo” AJ: Xalqaro multimodal transport operatori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 329-son qaroriga muvofiq temir yo‘l transporti sohasini isloh qilish, raqobat muhitini yaratish maqsadida , xususiy sektorni sohaga keng jalb etish, biznes jarayonlarini raqamlashtirish, zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish, shuningdek, respublikamizning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ “Temiryo‘lkargo” AJga aylantirildi.

“Temiryo‘lkargo” AJ xalqaro multimodal transport operatori bo‘lib, quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

- yuk vagonlari va konteynerlarini ekspluatatsiya qilish va ularga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha;
- «uyma-uy» tashishni boshqarish;
- logistika markazlari va terminallarini shakllantirish bo'yicha;
- tovarlarni logistika ta'minoti zanjirlarini shakllantirish, boshqa davlatlar hududida multimodal logistika terminallarini ishlatish bo'yicha xizmatlar va boshqa logistika xizmatlarini ko'rsatish.

Avval xabar berganimizdek, yagona aksiyadorning qarori bilan 2023-yil 13-dekabrdan Abdusamat Abduvoxidovich Muminov “Temiryo‘lkargo” AJ bosh direktori etib tayinlangan edi.

UTY CARGO - WE CARRY AND CARE



“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI